Samarqand aeroporti O‘ES aviatsiya markazi deb e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish5.9K
Samarqand aeroporti O‘ES aviatsiya markazi deb e’lon qilindi
2025-yil iyun oyi boshida Tehronda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (O‘ES)ga a’zo davlatlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflari kiritilgan muhim hujjat — Tehron deklaratsiyasi qabul qilindi, deb UPL.uz xabar berdi.

Mazkur deklaratsiyadagi eng asosiy bandlardan biri Samarqand aeroportiga O‘ES aviatsiya hubligi maqomining berilishidir. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi. Shuningdek, deklaratsiyaga Toshkent tomonidan ilgari surilgan transport va bojxona jarayonlarini boshqarish uchun raqamli ofis yaratish tashabbusi ham kiritildi.

O‘ES 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsadi iqtisodiyot va logistika sohalarida davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashdir. O‘zbekiston 1992-yildan buyon tashkilot a’zosi bo‘lib, mintaqaviy taraqqiyotga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Samarqand aeroportini O‘ES aviatsiya hubi sifatida rivojlantirish g‘oyasi ilgari ham muhokama qilingan, endilikda esa bu maqom rasmiylashtirildi. Bu aeroportning rolini oshirib, yo‘lovchi va yuk oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, transport va bojxona tizimlarida raqamli boshqaruv ofisi tashkil etilishi orqali tovarlarning chegaradan o‘tishini soddalashtirish, tezlashtirish va shaffoflashtirish maqsad qilingan.

Tehron deklaratsiyasi transport sohasining turli jihatlarini o‘z ichiga olib, O‘ESga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, logistika samaradorligini oshirish va mintaqaning iqtisodiy o‘sishiga xizmat qilishni ko‘zda tutadi.

1980-yillarda qurilgan Samarqand aeroporti 2022-yilda to‘liq rekonstruksiya qilinib, soatiga 800 yo‘lovchini qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. Bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy aeroportlardan biriga aylantirgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?