O‘zbekistonda to‘lov tizimlari kiberjinoyatlardan himoyalanadi

1 daqiqa o'qish511
O‘zbekistonda to‘lov tizimlari kiberjinoyatlardan himoyalanadi
O‘zbekistonda to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlari kiberjinoyatlardan himoya qilinadi. Barcha to‘lov tizimlari va xizmatlari operatorlari xatarlarni boshqarish tizimini joriy etishlari shart bo‘ladi, deb nova24.uz xabar berdi.

To‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasidan o‘tdi, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, deputatlar naqd pulsiz to‘lovlar sohasida xatarlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasini birinchi va ikkinchi o‘qishda qabul qildilar. Ushbu loyiha "Markaziy bank to‘g‘risida", "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida", "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida", "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-qoidalari to‘g‘risida"gi qonunlarga tuzatishlar va qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi.

Xususan, loyihada barcha to‘lov tizimlari va xizmatlari operatorlari xatarlarni boshqarish tizimini joriy etishi va Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talablarga rioya etishi nazarda tutilgan. Qayd etilishicha, bu choralar firibgarlik va boshqa turdagi kiberjinoyat xatarlarining o‘sishi bilan bog‘liq.

Hukumat to‘lov tashkilotlarini faoliyat sohasiga qarab toifalarga ajratishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, muhim to‘lov tashkiloti tushunchasi paydo bo‘ladi. Hujjat kuchga kirishidan oldin Senat tomonidan ma’qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?