O‘zbekiston transport bozori 70,7 trln so‘mga yetdi

1 daqiqa o'qish226
O‘zbekiston transport bozori 70,7 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda transport xizmatlari bozori 2025 yil iyun oyining boshida 70,7 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 14% o‘sish demakdir, deb Kursiv Media xabar berdi.

Bozorning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 15,5 trln so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati va Toshkent viloyati — har biri 4,8 trln so‘m bilan qayd etilgan. Farg‘ona viloyatida 3,8 trln so‘mlik, Andijon viloyatida esa 3 trln so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, transport sektori so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xizmatlar bozorining asosiy drayverlaridan biriga aylangan. Umumiy xizmatlar bozori hajmi 373,4 trln so‘mni tashkil yetgan. Transport xizmatlari narxi esa yil davomida 17,4%ga oshgan.

2025 yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev transport xizmatlari eksportini $3 milliardga yetkazishni topshirgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?