O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari birinchilardan bo‘lib ochildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, birinchi bo‘lib Yaponiya va Janubiy Koreyadagi, so‘ng Xitoydagi o‘zbekistonliklar ovoz bera boshladi.
O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkaci tashkil qilingan. Ular 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirilgan.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi huzurida tuzilgan 34-saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan 02:00 da ochildi. Ushbu saylov uchastkasida 500 dan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan.
«Barcha yurtdoshlarimiz kabi Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham yuksak huquqiy madaniyati va fuqarolik pozisiyasini namoyon etib, saylovda faol ishtirok etmoqda. Ovoz bergandan keyin ham hech kim ketayotgani yo‘q. Jonajon mamlakatimiz, u erda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida suhbatlashishmoqda», deyilgan xabarda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi