
O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi mamlakat elchixonasi ko‘magida Daniyada amaliy xizmat safari o‘tkazdi. Bu safar doirasida delegatsiya a’zolari Daniya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat kengashi, IFU Daniya ta’sir fondi va boshqa taniqli kompaniyalar mutasaddilari bilan muhim muzokaralar o‘tkazdi. Yig‘ilishlarda veterinariya, chorvachilik, sertifikatsiya, kadrlar tayyorlash hamda tajriba almashish yo‘nalishlarida kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari UNIBIO kompaniyasining Innovatsiya markazi va Viking Genetics korxonasi ishlab chiqarish maydonlarida ham bo‘lib, bu tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. UNIBIO rahbariyati bilan O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha ishlab chiqish masalasida kelishuvga erishildi.
Viking Genetics veterinariya rahbari esa, naslchilikda tajriba almashinish, seleksiya markazi tashkil etish va chorvador-fermerlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Samarqand veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari uchun Viking Genetics laboratoriyalarida qisqa muddatli o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishga kelishildi.
Tomonlar ushbu hamkorlik natijasida O‘zbekistonda zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish va soha mutaxassislarini xalqaro standartlar asosida tayyorlash borasida yangi bosqichga chiqishga kelishib oldi.
Foto: Dunyo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar