Toshkentda svetoforlar masofadan boshqariladi

1 daqiqa o'qish285
Toshkentda svetoforlar masofadan boshqariladi
O‘zbekistonda hududlar qatori Toshkent shahrida ham jamoat transporti uchun qulaylik va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar joriy etilmoqda, deb Upl.uz xabar berdi.

Shahar transport tizimini modernizatsiya qilish doirasida yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Xitoydan jalb etilgan 300 million dollar evaziga 200 kilometr yo‘l ta’mirlanadi va to‘rtta yangi ko‘prik quriladi.

Bu tashabbuslar orqali shahar yo‘l tarmog‘i ancha yaxshilanadi.

Yana bir muhim yangilik — bu intellektual transport axborot tizimini ishga tushirishdir. Tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Toshkentdagi 700 dan ortiq chorrahani yagona platformaga ulash.
• Barcha svetofor, foto va video kuzatuv kameralarini yagona tizimga birlashtirish.
• Svetoforlarni real vaqtda harakat oqimiga qarab masofadan boshqarish.

Prognozlarga ko‘ra, bu tizim tirbandlikni 25–30 foizgacha kamaytiradi. Ushbu chora-tadbirlar yo‘l infratuzilmasining samaradorligi va shahardagi harakat qulayligini oshirishga xizmat qiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?