
Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi 15 iyuldan boshlab Atyrau–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Kursiv.media ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu parvozlar tadbirkorlar, talabalar va sayyohlar o‘rtasida katta qiziqishga ega bo‘lgani bois tashkil etilmoqda.
«Toshkent madaniy merosi, tarixiy me’morchiligi, bog‘lari va dam olish maskanlari bilan sayyohlarni jalb etadi. Bu shahar oilaviy sayohatlar uchun ham ayni muddao», — deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Yo‘nalishdagi parvozlar Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi. Jadval quyidagicha:
Iyul–avgust oylarida — seshanba, payshanba va yakshanba kunlari;
Sentyabr–oktyabr oylarida — dushanba, chorshanba va juma kunlari.
Bundan tashqari, FlyArystan Atyrau'dan Toshkentga Astana orqali bog‘lanma reys ham taklif qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar