
O‘zbekistondagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul uchun 2025/2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan test imtihonlari rasman boshlandi.
Test sinovlari kundalik tarzda ikki smenada tashkil etilmoqda:
1-smena: 08:00 — 11:00
2-smena: 15:00 — 18:00
Abituriyentlardan sinov boshlanishidan kamida 1 soat avval test hududiga kelishi talab etiladi. O‘zi bilan quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:
- Pasport yoki ID-kartaning asli nusxasi;
- Abituriyent ruxsatnomasi.
Muxim eslatma:
1-smena uchun — soat 07:30 ga qadar,
2-smena uchun — soat 14:30 ga qadar
tekshiruvdan o‘tib, o‘z o‘rnini egallab bo‘lishi shart.
Abituriyentlardan belgilangan vaqtga jiddiy rioya qilish, hujjatlarni tayyor holda olib kelish so‘raladi. Sinovlar muvaffaqiyatli va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Barcha yoshlarimizga omad yor bo‘lsin! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar