date

Sergili tumanida transport harakati bir oyga cheklanadimi?

Sergili tumanida transport harakati bir oyga cheklanadimi?
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Obihayot ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu chora issiq suv quvurlarini yangilash ishlari bilan bog‘liq. Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning 19 iyulidan 18 avgustigacha avtotransport vositalari ushbu ko‘chada harakatlana olmaydi.

Yo‘l yopilishi munosabati bilan ushbu hududdan o‘tadigan ba’zi avtobus yo‘nalishlari ham vaqtincha o‘zgartirildi. Quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:

• 184-sonli avtobus yo‘nalishi “Sergeli yarmarkasi” bekatiga qadar qisqartiriladi.
• 40 va 143-sonli avtobuslar Yangi Sergeli yo‘li → So‘g‘diyona → Jaloyir → Obihayot (yopilmagan qism) bo‘ylab vaqtincha harakatlanadi.

Mahalliy hokimiyat organlari aholini vaqtincha noqulaylikka sabrli bo‘lishga va harakatlarini oldindan rejalashtirishga chaqirmoqda. Issiq suv quvurlarini yangilash ishlari tez va xavfsiz amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sergili tumanida transport harakati bir oyga cheklanadimi?