date

O‘zbekiston xalqaro jurnalistlar uyiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro jurnalistlar uyiga a’zo bo‘ldi
O‘zbekiston International Home of Journalists (Xalqaro jurnalistlar uyi) tashkilotiga a’zo bo‘ldi, deb xabar berdi «Kursiv Media» sayti.

Ushbu tashkilotda mamlakat nomidan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillik qiladi.

O‘zbekistonning tashkilotga qabul qilinishi Xitoyning Tsyansi viloyatida bo‘lib o‘tgan xalqaro mediaforum doirasida amalga oshdi. Forum “OAV kuchi: sivilizatsiyalararo muloqot va jurnalistlarning global modernizatsiyaga ta’siri” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda AQSh, Germaniya, Fransiya, Rossiya va Belarus kabi 60 mamlakatdan OAV vakillari qatnashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston xalqaro jurnalistlar uyiga a’zo bo‘ldi