
Surxondaryo viloyatida jamoat joyi — bozor hududida sodir etilgan vahshiyona qotillik keng jamoatchilikda katta norozilik va xavotir uyg‘otdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalar va xabarlarda aytilishicha, erkak kishi o‘z rafiqasi ko‘z o‘ngida besh kishi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan.
Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyat prokuraturasi rasmiy axborot berdi. Qayd etilishicha, fojea Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov doirasida ikki nafar shaxs hibsga olingan va ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’lum qilishicha, marhumning turmush o‘rtog‘i tergovchilarga bergan ko‘rsatmasida qotillar oila a’zolariga tanish bo‘lganini, ular ilgari bir necha bor tahdid qilganini aytgan. Ayni paytda tergov ishlari davom etmoqda. Jinoyat ishi Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan shaxsan nazoratga olingan.
Bu fojiali voqea ortidan mamlakatning boshqa hududlarida ham shunga o‘xshash jinoyatlar yuz berayotgani qayd etildi:
• Surxondaryoning boshqa tumanida erkak qaynukasi tomonidan pichoqlangan.
• Samarqandda 70 yoshli erkak 60 yoshli qaynukasini pichoqlagan.
• Buxoroda er janjal sabab rafiqasini pichoqlagan.
• Jizzaxda erkak rashk oqibatida avval xotinini, so‘ng o‘zini pichoqlab o‘ldirgan.
• Vobkentda esa mast erkak qaynukasini pichoqlagan.
Bunday jinoyatlarning ortib borayotgani oilaviy munosabatlar va jamiyat ichki muvozanatida jiddiy muammolar borligini ko‘rsatmoqda. Jinoiy harakatlarning ochiq jamoat joylarida ro‘y berayotgani holatning qanchalik xavfli tus olayotganidan darak beradi.
Zamonaviy jamiyatda ziddiyat va agressiyani zo‘ravonlik bilan hal qilish urf bo‘lishi ogohlikka chorlaydi. Qonun oldida jazoga tortilish muqarrar bo‘lishi, har qanday zo‘ravonlik holatlari jiddiy baholanib, tegishli javobgarlik yuklatilishi zarur.
Bugun shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom muloqot, hurmat, sabr va ruhiy muvozanat eng muhim qadriyatlardan biri bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar