date

Qibrayda qurilish do‘konidagi yirik yong‘in

Qibrayda qurilish do‘konidagi yirik yong‘in
Qibray tumanidagi qurilish mollari do‘koni va yashash uyi hududida yuzaga kelgan yong‘in aholi orasida xavotir uyg‘otdi. Bugun, 23 iyul kuni soat 10:50 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qibray tumani, "G‘.G‘ulom" mahallasidagi "A.Navoiy" ko‘chasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan manzilga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Qutqaruvchilar soat 10:57 da voqea joyiga yetib borib, 11:17 da yong‘inni o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan. Yong‘in to‘liq 11:50 da bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan. Tezkor harakat va o‘zaro hamkorlik natijasida katta yo‘qotishlar va qurbonlar oldi olingan.

Hozirda mutaxassislar yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdorini o‘rganmoqda. Tezkor xabar va yong‘in-qutqaruvchilarning samarali harakati falokatning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qibrayda qurilish do‘konidagi yirik yong‘in