Majburiy sug'urta summasi 2026 yildan 2 barobarga oshadi

1 daqiqa o'qish383
Majburiy sug'urta summasi 2026 yildan 2 barobarga oshadi

2026 yildan boshhlab transport vositalari egalariining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta qoplami 80 mln so'mgacha (amalda 40 mln so'm) oshiriladi. 2026 yil 1 apreldan esa Yagona sug'urta billing tizimi joriy etiladi, deb «Gazeta.uz» xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risida» 2024 yil 1 martdagi [PQ-108-son] qarori ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari haqida»gi 458-son qaroriga ko'ra, transport vositalari egalariining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi.

Ushbu qaror bilan sug'urta tariflari qayta ko'rib chiqilib, sug'urta summalari va mukofotlari bozor tamoyillariga muvofiqlashtirildi. Sug'urta summasi 2026 yil 1 yanvardan boshhlab 80 mln so'mgacha oshiriladi, bu YTH natijasida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va sog'lig'iga etkazilgan zararlarni qoplash uchun talab qilingan mablag'ni moslashtirishga xizmat qiladi.

Haydovchilar soniga qarab cheklangan va cheklanmagan politsalarni rasmiylashtirish mexanizmi belgilandi. Majburiy sug'urtalash majburiyatining bajarilishini nazorat qilish uchun mas'ul organlar va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritish tartibi aniqlashtirildi.

2026 yil 1 apreldan Yagona sug'urta billing tizimi joriy etiladi, bu politsalarni rasmiylashtirishda sug'urta mukofotlari tushumlarining markazlashtirilgan hisobini yuritishni ta'minlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?