date

Yotoqxonaga joylashish uchun ariza topshirish boshlandi

Yotoqxonaga joylashish uchun ariza topshirish boshlandi

1 avgustdan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha ariza topshirish jarayoni rasman boshlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 avgustdagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan, arizalarni my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuborish mumkin.

Avvalo, imtiyozli va ustuvor toifadagi talabalar yotoqxonaga qabul qilinadi. Ulardan so‘ng, qolgan talabalarga ajratiladigan o‘rinlar navbat asosida taqsimlanadi:

– 1-kurslar uchun 55–65%

– 2-kurslar uchun 15–20%

– 3-kurs va undan yuqori kurslar uchun 20–25%

Arizalarni qabul qilish jarayoni o‘quv yili yakunlanguniga qadar davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yotoqxonaga joylashish uchun ariza topshirish boshlandi