O‘zbekiston va qo‘shni Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo munosabatlari yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki yarmida Qirg‘iziston O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biriga aylangan.
Xususan, gilamchilik sohasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo ayirboshlash yuqori sur’atda rivojlanmoqda. 2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga umumiy qiymati 10,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 million m² gilam eksport qilgan.
Eksport qilingan gilamning katta qismi aynan Qirg‘iz Respublikasiga to‘g‘ri keladi — 1 million 86 ming m². Bu esa O‘zbekistonning gilam mahsulotlari uchun Qirg‘iziston eng yirik bozorlardan biri ekanini ko‘rsatadi.
Quyida O‘zbekistondan gilam importi bo‘yicha yetakchi beshta davlat ro‘yxati:
Qirg‘iziston – 1 086 ming m²
Ozarbayjon – 969 ming m²
Afg‘oniston – 725 ming m²
Rossiya – 429 ming m²
Qozog‘iston – 334 ming m²
Boshqa davlatlar – 61 ming m²
Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikdagi imkoniyatlari tobora kengayib borayotganini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!