date

Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida yangi yo‘l quriladi

Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida yangi yo‘l quriladi

Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida yangi avtomobil yo‘li quriladi, deb Uz24.uz xabar berdi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston24 telekanaliga bergan intervyusida Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li qurilishi loyihasi taqdim etilganini ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, “Chorvoq–Chimyon” rekreatsion zonasi muhim turistik yo‘nalishga aylangan va bu hududga katta investitsiyalar yo‘naltirilmoqda. Mavjud yo‘lda tirbandlik kuzatilmoqda, bu esa yangi yechim talab qiladi.

Prezident tomonidan Toshkent–Chorvoq avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan. Dastlabki konsepsiya ishlab chiqilgan va qurilish tender asosida, ilg‘or kompaniyalar ishtirokida, davlat-xususiy sheriklik shaklida amalga oshiriladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yangi yo‘l qurilishi mavjud yo‘lga ta’sir qilmaydi va transport oqimini yengillashtiradi. Mavjud infratuzilmaga zarar yetkazilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida yangi yo‘l quriladi