Samarqand shahrida yirik va zamonaviy infratuzilma — yangi avtovokzal ishga tushdi, deb Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Cho‘pon-ota mahallasida joylashgan mazkur obyekt davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan bo‘lib, loyihaga jami 12 million AQSH dollari sarflangan. Bino zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor texnologiyalar va xavfsizlik me’yorlari asosida qurilgan.
Avtovokzal faqat transport markazi emas, balki ko‘p funksiyali xizmat maskani sifatida faoliyat yuritadi. Bu yerda 120 ta savdo do‘koni, 3 ta restoran, 14 ta servis shoxobchasi, 1 ta avtosalon va 2 ta mehmonxona mavjud. Obyekt faoliyati 300 nafar insonni doimiy ish bilan ta’minladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar