Avtomobil oynalarini qoraytirish arzonlashishi mumkin

1 daqiqa o'qish332
Avtomobil oynalarini qoraytirish arzonlashishi mumkin

Yozning issiq kunlarida mashina ichidagi haroratni pasaytirish va quyosh nurlaridan himoya qilish maqsadida oynalarni qoraytirish amaliyoti ko‘pchilik haydovchilar uchun dolzarb masalaga aylandi.

Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan yangi, imtiyozli tartib joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur taklifga ko‘ra, M1 toifasiga mansub transport vositalari (ya’ni yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar) uchun oyna qoplamalarini qoraytirishga ruxsatnoma berish narxi yoz faslida — 1 maydan 31 avgustgacha — ancha arzonlashishi mumkin.

Hozirda oyna qoraytirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar 412 ming so‘m to‘lashlari talab etiladi. Yangi taklifga asosan, bu miqdor bir baravarlik (BRV)gacha — ya’ni 340 ming so‘m atrofiga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Xorijiy yuridik shaxslar uchun esa hozirgi 2 060 000 so‘mlik tarif 5 BRVgacha (1 700 000 so‘m) kamaytirilishi mumkin.

Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, bunday yengilliklar haydovchilarga qulaylik yaratish bilan birga, rasmiy va qonuniy ravishda oyna qoplamalarini qoraytirish faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, transport vositasida harakatlanish paytida xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashda ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘zgarish hozircha faqat muhokama bosqichida. Taklif Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida jamoatchilik fikri uchun e’lon qilingan va belgilangan muddat ichida taklif va mulohazalar asosida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?