Endilikda oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston” universitetida qo‘llanilayotgan baholash tizimi joriy etiladi. Bu haqda mas’ul idoralar ma’lum qildi.
Yangi tizimga ko‘ra, bitiruvchilarning bandligiga qarab 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uchun tarmoq buyurtmalari va mahsulot sotilishiga qarab 30 ball, ilmiy salohiyat va xalqaro jurnallardagi maqolalari uchun 20 ball, tadqiqotlar uchun jalb etilgan mahalliy va xorijiy grantlar uchun esa 10 ballgacha beriladi.
Masalan, Qarshi texnika universiteti umumiy ballning 85 foizini to‘plasa, bu yilgi 78 milliard so‘mlik budjet mablag‘iga qo‘shimcha 20 foiz bonus oladi. Agar 56 foizdan kam to‘plasa, keyingi o‘quv yilida moliyalashtirish miqdori qisqaradi. Shuningdek, ilmiy oliygohlar bilan ijtimoiy yo‘nalishdagi oliygohlarni bir xil baholash mumkin emasligi qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!