O‘zbekistonda aholi avtomobillari soni rekord darajaga yetdi

1 daqiqa o'qish4.6K
O‘zbekistonda aholi avtomobillari soni rekord darajaga yetdi

O‘zbekistonda avtotransport vositalari soni yil sayin ortmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyuli holatiga mamlakatimizda jismoniy shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tgan avtomashinalar soni 4 million 612,7 mingtaga yetgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 441,5 mingtaga ko‘pdir. Avtotransport vositalari orasida eng katta ulushni yengil avtomobillar egallab, ularning soni 4 million 289 mingtani tashkil etadi. Bu jami transport vositalarining 93 foiziga teng.

Statistika quyidagicha taqsimlanadi:

yengil avtomobillar — 4 mln 289 ming dona;

yuk avtomobillari — 302,6 ming dona;

mikroavtobuslar — 7,7 ming dona;

maxsus transport vositalari — 7,3 ming dona;

avtobuslar — 6,1 ming dona.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni 4 million 522,1 mingta bo‘lgan. Demak, keyingi uch oyda ham avtopark sezilarli darajada kengaygan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mamlakatda yangi avtomobillar xarid qilish sur’ati yuqori darajada saqlanib qolmoqda, bu esa iqtisodiy faollik va aholi turmush darajasining o‘sishi bilan bevosita bog‘liq.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?