Bugun Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridagi ayrim hududlarda ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 11-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahallasining aholisi gazsiz qoladi. Bu hududda 8 ta xususiy xonadon, 4 ta ko‘p qavatli uy va 6 ta yirik iste’molchi mavjud.
Sergeli tumanida esa soat 11:00 dan 16:00 gacha “Sultonobod” mahallasining tabiiy gaz ta’minoti uziladi. Bu yerda 511 ta xususiy xonadon va 5 ta yirik iste’molchi borligi qayd etilgan.
Mutasaddilar ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng gaz ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Aholi vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan ogohlantirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!