date

Toshkentda yo‘l tirbandligini kamaytirish uchun maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda yo‘l tirbandligini kamaytirish uchun maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladi

Tez orada Toshkent shahar yo‘llaridagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida bolalarni maktabga olib borish va olib kelish uchun maxsus maktab avtobuslari tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Mutasaddilarning aytishicha, bu tashabbus shahar transport tizimida sezilarli yengillik yaratadi.

Hozirgi kuzatuvlarga ko‘ra, o‘quv yili tugagach, poytaxtdagi harakat ancha yumshaydi. Buning asosiy sababi — bolalarni maktabga ota-onalar shaxsiy avtomashinalarda olib bormasligi va yo‘llarda transport oqimining kamayishidir. Shu bois, maktab avtobuslarini joriy etish yil davomida ham shunday yengillikni ta’minlashi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bitta avtobus bir vaqtning o‘zida 20–30 nafar o‘quvchini tashishi mumkin. Bu esa yo‘llardan shuncha miqdorda shaxsiy avtomashinani olib tashlash, yo‘llarda tirbandlik va chiqindilar chiqishini kamaytirishga yordam beradi. Maxsus avtobuslar harakat xavfsizligi talablariga mos jihozlanadi.

Hozirda mazkur masala bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan muhokama o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshsa, poytaxtdagi jamoat transporti tizimida muhim strategik o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda yo‘l tirbandligini kamaytirish uchun maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladi