Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi yo‘l tayyorgarlik ishlari sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangiga almashtirish maqsadida Chilonzor tumanidagi Farhod ko‘chasi Shuxrat chorrahasidan Chilonzor metro bekati chorrahasiga qadar 18-avgustdan 30-avgustgacha, ya’ni 10 kun muddatga yo‘lning qatnov qismi yopiladi.
"Yo‘lovchilar va haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz", deb aytiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar