QQSga o‘tgan korxonalar bir yil foyda solig‘idan ozod etiladi

1 daqiqa o'qish325
QQSga o‘tgan korxonalar bir yil foyda solig‘idan ozod etiladi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tizimiga o‘tayotgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘idan ozod etiladi, deb Kursiv xabar berdi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. QQS stavkasi 12 foizga tushirilgani sababli, bu tizimga o‘tayotgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda.

Yangi imtiyozlarga ko‘ra, QQSga o‘tayotgan korxonalarda hisob-kitobda xatolik bo‘lsa, jarima qo‘llanmaydi. Shuningdek, buxgalter maoshining 5 million so‘mgacha bo‘lgan qismi 6 oy davomida soliqlardan ozod etiladi.

Yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan oshgan korxonalar uchun amal qilayotgan avans to‘lov talabi endi faqat 20 milliard so‘mdan yuqori aylanmaga ega bo‘lganlarga tatbiq etiladi. Bu orqali 14 mingga yaqin tadbirkorga 1 trillion so‘mlik mablag‘ erkin qoladi.

1-noyabrgacha tadbirkorlar soliqdagi xatolarni mustaqil tuzatib, reytingini “toza sahifadan” boshlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu imkoniyat “amnistiya” orqali yaratilgan.

2026-yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad solig‘i bo‘yicha hisobotlarni soliq organlari tayyorlab beradi, tadbirkorlar esa 5 kun ichida ularni ko‘rib chiqib, kerakli tuzatishlarni kiritishi mumkin. Kichik biznes uchun jarimalar miqdori uch barobar kamaytiriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?