Suv quduqlari uchun davlat 90% xarajatni qoplab beradi

1 daqiqa o'qish8.5K
Suv quduqlari uchun davlat 90% xarajatni qoplab beradi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ehtiyojmand aholi uchun artezan quduq qazish va suv chiqaruvchi uskuna o‘rnatishga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi, deb UPL.uz xabar berdi.

2025-yil 1-iyuldan boshlab, ijtimoiy ro‘yxatdagi muhtoj oilalar ushbu yordamdan foydalanishi mumkin. Davlat bu ishlarning umumiy qiymatining 90 foizini qoplaydi, ammo xarajat 30 baravarlik bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi kerak (30 BHM — taxminan 10 200 000 so‘m).

Yangi yondashuvga ko‘ra, fuqarolarga naqd pul berish o‘rniga ular uchun muammoni hal qiluvchi ishga mablag‘ ajratiladi. Bu orqali toza ichimlik suviga bo‘lgan talab bartaraf etilishi kutilmoqda.

Ishlarni bajaruvchi tadbirkorlar faqat maxsus reestrga kiritilganlardan bo‘lishi shart. Ular suv qudug‘ini qazish, nasos va filtr o‘rnatish ishlarini amalga oshiradi. Reestr “Yagona ijtimoiy himoya tizimi” bilan bog‘lanadi.

Subsidiyani olish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

  1. Barcha ishlar tasdiqlangan pudratchi tomonidan bajarilishi;

  2. Mahallada uch tomonlama dalolatnoma tuzilishi: bu hujjatda quduq qazilgani va uskuna o‘rnatilgani tasdiqlanadi. Uni mahalla raisi, Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi vakili hamda subsidiya oluvchi imzolaydi;

  3. Suv sifati ijobiy baholanishi kerak — tegishli idora tomonidan ichimlikka yaroqli degan xulosa berilishi lozim.

Fuqarolar “Inson” markazlari yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlar orqali “Yagona ijtimoiy himoya tizimi”ga ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Ariza tasdiqlangach, ro‘yxatdagi tadbirkor belgilangan muddatda ishni boshlashi kerak.

Ayrim joylarda artezan suvlar shunday bosimda bo‘ladiki, nasossiz ham o‘zi yer yuzasiga chiqib, favvora hosil qilishi mumkin. Shu sababli, bunday manbalarda uskuna o‘rnatilishi talab etilmasligi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?