O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Saud bin Abdurahmon bin Hasan bin Ali Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar uchrashuvda mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari, mudofaa sohasidagi hamkorlik istiqbollari hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Baxtiyor Saidov uchrashuv yakunlarida: “Qatar bilan harbiy sohada tajriba va bilim almashish, mintaqaviy xavf-xatarlar fonda hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildik”, — deya taʼkidladi.
Uchrashuv chog‘ida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlar muhimligi alohida qayd etildi.
Ikki tomon O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, mudofaa va xavfsizlik sohalarida yangicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Muzokaralar ikki mamlakat manfaatlari va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!