2-sentabrdan boshlab O‘zbekistondagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq yangraydi, deb Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
An’anaga ko‘ra, birinchi dars «Kelajak soati» mavzusida «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida o‘tkaziladi.
Bu yil 738 mingdan ortiq bola ilk bor maktabga qadam qo‘yadi. Har bir birinchi sinf o‘quvchisiga prezident sovg‘asi sifatida 12 turdagi zaruriy o‘quv anjomlari topshiriladi.
Manba: Kursiv media
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar