34 yillik Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan asosiy tadbirlar boshlanmoqda

1 daqiqa o'qish4.8K
34 yillik Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan asosiy tadbirlar boshlanmoqda

Bugun mamlakatimizda ulug‘ va qutlug‘ sana — Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan asosiy marosimlar o‘tkaziladi. Tantanalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yurtimiz tarixida muhim ahamiyatga ega ramziy joylarda start oladi.

Avvalo, Prezidentimiz an’anaga ko‘ra Shahidlar xotirasi xiyobonida bo‘lib, mustabid tuzum qurbonlarini yodga oladi hamda ular xotirasiga ehtirom bilan chuqur hurmat izhor qiladi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida barpo etilgan Mustaqillik monumenti poydevoriga gulchambar qo‘yish marosimi ham amalga oshiriladi. Bu o‘tmishga hurmat va kelajakka ishonch ramzi sifatida alohida ma’noga ega.

Kunning ikkinchi yarmida bayram tadbirlari yanada keng ko‘lamda davom etadi. Xususan, kechqurun mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bosh tantana bo‘lib o‘tadi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizga samimiy tabrik so‘zlari bilan murojaat qilishi va barcha yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom bilan qutlashini kutmoqdamiz.

Mazkur marosimlar, shubhasiz, nafaqat xalqimizda yuksak ruhiy ko‘tarinkilik uyg‘otadi, balki mustaqillik qadriyatlarini yanada asrab-avaylash va uning mohiyatini keng yoritishga xizmat qiladi. Bugungi kun yurtimiz tarixida yana bir yorqin sahifa sifatida yodda qolishi aniq.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?