Ayollar rahbarligidagi bizneslar trillionlab sof foyda ko‘rmoqda

1 daqiqa o'qish449
Ayollar rahbarligidagi bizneslar trillionlab sof foyda ko‘rmoqda

O‘zbekistonda ayollar rahbarligidagi korxonalarning iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki tobora ortib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil yakunida mamlakatda ayol rahbarlar boshqaruvidagi 20 mingdan ortiq kichik korxona va mikrofirmalar 4,2 trillion so‘m sof foyda olgan. Bu raqam ayollar tadbirkorligi samaradorligining ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida bitta korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha sof foyda 202,6 million so‘mni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich ayollar rahbarligidagi bizneslarning bozorda o‘z o‘rniga ega ekanidan dalolat berib, ularning faoliyat yuritishda raqobatbardosh va samarali ekanini namoyon etmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday natijalarga erishishda davlat tomonidan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Xususan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, ayniqsa ayollar uchun ajratilgan moliyaviy kreditlar, grantlar, soliq imtiyozlari va turli tashkiliy resurslar biznes yuritish jarayonini yengillashtirgan.

Ayollar rahbarligidagi korxonalar mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat olib bormoqda. Ular xizmat ko‘rsatishdan tortib ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi va ta’lim kabi ko‘plab yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirmoqda. Bu esa ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni tobora kuchayib borayotganidan darak bermoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?