Tarvuz narxi keskin ko‘tarildi, bozorlarda qiymat oshishi davom etmoqda

2 daqiqa o'qish336
Tarvuz narxi keskin ko‘tarildi, bozorlarda qiymat oshishi davom etmoqda

O‘zbekistonda avgust oyi yakuniga ko‘ra, bir qator mahsulotlar va xizmatlar qimmatlagani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qilgan tahlillarga ko‘ra, 2025 yil avgustida tovar va xizmatlar umumiy narxlari iyul oyiga nisbatan 0,4 foizga o‘sdi. Yillik inflyatsiya darajasi esa 8,8 foizni tashkil etdi. Solishtirish uchun, o‘tgan yil avgust oyida bu ko‘rsatkich 10,5 foizga teng bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar o‘sishi hududlar kesimida turlicha kechgan. Eng yuqori o‘sish Farg‘ona viloyatida qayd etildi – 9,7 foiz. Sirdaryoda 9,4 foiz, Xorazmda esa 8,9 foizlik qimmatlashish kuzatilgan. Eng past o‘sish Jizzax viloyatida – 8,1 foiz.

Oziq-ovqatda qaysi mahsulot qimmatladi?

Avgust oyida ayrim asosiy turdagi mahsulotlar narxi sezilarli darajada ko‘tarilgan. Xususan:

tuxum – 2,7 foiz,

tovuq go‘shti (boldir va son qismlari) – 2,1 foiz,

qo‘y go‘shti – 1,4 foiz,

suyaksiz mol go‘shti – 0,7 foiz,

suyakli mol go‘shti – 0,2 foiz,

paxta moyi – 1,6 foiz,

shakar – 0,1 foiz.

Rasmiy axborotda ta’kidlanishicha, mol go‘shti arzonlashtirilgan narxlarda sotilgani (kilosi 65–75 ming so‘m atrofida) umumiy ko‘rsatkichlarni biroz barqarorlashtirgan.

Biroq ayrim mahsulotlar arzonlashgan ham: guruch (–0,1 foiz), oliy navli undan tayyorlangan non (–0,2 foiz) va karamel konfetlar (–0,2 foiz).

Meva-sabzavot bozorida katta o‘zgarish

Avgust oyida tarvuz narxlari 28,7 foizga oshib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Qovun – 11,7 foizga, karam – 11,4 foizga, kartoshka – 3,5 foizga va banan – 2,8 foizga qimmatladi.

Shu bilan birga, pomidor (–16,8 foiz), uzum (–5,4 foiz), baqlajon (–4,3 foiz), bodring (–3,1 foiz), sabzi (–3,1 foiz), bulg‘or qalampiri (–2,8 foiz), piyoz (–2,3 foiz) va olma (–1 foiz) arzonlashgan.

Non-oziqadan tashqari xizmatlardagi o‘zgarish

turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash materiallari – 0,4 foiz,

dori vositalari – 0,2 foiz,

sog‘liqni saqlash xizmatlari – 0,6 foiz.

Avtotransport sohasida esa benzin narxi o‘rtacha 3,1 foizga oshdi. Xususan, AI-80 – 4,6 foizga qimmatlashib, litri 8 746 so‘mdan sotilgan. AI-91 – 11 461 so‘m, AI-92 – 11 126 so‘m, AI-95 esa 12 983 so‘mdan savdoga chiqarilgan. Propan esa 0,6 foizga qimmatlashgan. Metan narxida katta o‘zgarish kuzatilmagan, ammo o‘tgan yilga nisbatan 31 foizga yuqori darajada qolmoqda.

Shuningdek, avtoturargoh xizmatlari (0,7 foiz), haydovchilikka tayyorlov kurslari (1,6 foiz), texnika ta’miri (0,6 foiz) qimmatladi. Muzey xizmatlari narxi 10,6 foizga, veterinariya va uy hayvonlari uchun xizmatlar esa 9,9 foizga oshdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?