date

OAV uchun kontent markazida yangi rahbarlar tayinlandi

OAV uchun kontent markazida yangi rahbarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishiga ko‘ra, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Mazkur qaror media sohasida samaradorlikni oshirish va zamonaviy kontent yaratishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Farmoyishga muvofiq, Qobuljon Xoliqovich Ahmedov markaz direktori etib tayinlandi. U bungacha bir qator yirik telekanallarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. Xususan, «MY5» telekanalida bosh direktor sifatida faoliyat yuritgan, so‘nggi yillarda esa MTRKning «Yoshlar» ijodiy birlashmasi direktori sifatida ish olib borgan.

Shuningdek, taniqli rejissyor Husan Ravshanovich Salixov markaz direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan. Salixov media sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, bir qator ijodiy va amaliy loyihalar muallifi sifatida ham tanilgan.

Yana bir o‘rinbosar lavozimi Jahongir Muhammadali o‘g‘li Abdurahmonovga topshirildi. U tayinlovdan avval Prezident Matbuot xizmatida bosh konsultant bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u o‘z vaqtida «UZREPORT» telekanalida shef-muharrir sifatida ham katta tajriba orttirgan.

Mazkur kadr o‘zgarishlari mamlakatda media sohasini isloh qilish, axborot sifatini oshirish va jamoatchilikka yetkaziladigan kontent darajasini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » OAV uchun kontent markazida yangi rahbarlar tayinlandi