Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejasi amaldagi dasturlar doirasida tobora yaqqol shakllanmoqda. Viloyat Kadastr boshqarmasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, katta hajmdagi yer maydoni rasman ajratilishi belgilandi.
Ma’lumotga ko‘ra, aeroport qurilishi uchun jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilmoqda. Bu yerlar asosan O‘rtachirchiq va Quyichirchiq tumanlaridan olingani qayd etilmoqda.
Ajratilgan maydon tarkibi ham batafsil e’lon qilindi. Jumladan, umumiy maydondan:
- 1075,45 gektari sug‘oriladigan yerlar,
- 112,69 gektari bog‘ maydonlari,
- 0,65 gektari yaylov va pichanzorlar,
- 120,97 gektari boshqa turdagi yerlar hisoblanadi.
Faqatgina O‘rtachirchiq tumani hududidan 790,76 gektar maydon beriladi. Shundan:
- 609,95 gektari sug‘oriladigan yerlar,
- 112,63 gektari bog‘lar,
- 0,65 gektari yaylov va pichanzorlar,
- 67,53 gektari boshqa yerlar sifatida ajratilgan.
Quyichirchiq tumanidan esa 519 gektar yer loyiha uchun belgilandi. Uning tarkibi quyidagicha:
- 465,5 gektar sug‘oriladigan yer,
- 0,06 gektar bog‘,
- 53,44 gektar boshqa turdagi yerlar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar