Mahkumlar kitob o‘qisa jazo muddati qisqaradi

1 daqiqa o'qish614
Mahkumlar kitob o‘qisa jazo muddati qisqaradi

O‘zbekistonda mahkumlar uchun yangi rag‘batlantiruvchi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Senatning o‘ninchi yalpi majlisida muhokama qilingan va ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi mahkumlar har bir o‘qigan kitobi uchun jazo muddatidan uch kun qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashabbus mahkumlarni tarbiyalashda samaradorlikni oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va oila hamda jamiyatdan uzilib qolishining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda. Kitob o‘qish orqali ularda qonunga itoatkorlik, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga sadoqatni shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksi 74-1-modda bilan to‘ldirilib, shaxsning tuzalish yo‘liga o‘tganini hisobga olib jazo muddatini qisqartirish huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda. Bunda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlangan maxsus ro‘yxatdagi kitoblarni o‘qish talab qilinadi.

Shuningdek, mahkum kitobni to‘liq o‘qigani fakti maxsus tartibda tasdiqlanganda, har bir kitob uchun uch kundan, bir yilda esa ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha sud qaroridan keyin jazo muddati qisqartirilishi mumkin.

Bu tartib umrbod ozodlikdan mahrum etilganlardan tashqari, shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi.

Senatorlar ta’kidlaganidek, mazkur norma 13,5 mingdan ortiq mahkumga tatbiq qilinishi mumkin. Mutaxassislar esa bu tizim faqat jazo muddatini qisqartirish emas, balki mahkumlarni ma’naviy jihatdan tiklash va jamiyatga qayta moslashtirishda muhim qadam bo‘lishini qayd etmoqda.

Shu tariqa, kitob o‘qish nafaqat bilim manbai, balki mahkumlar uchun erkinlikka yaqinlashish vositasi sifatida ham xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?