Qozog‘istonda metall shoxobchasidagi portlashda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish338
Qozog‘istonda metall shoxobchasidagi portlashda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida yuz bergan mudhish fojia ko‘pchilikni qayg‘uga soldi. 11 sentyabr kuni Iliy tumanida joylashgan metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan kuchli portlash uch insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Marhumlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi. Bu haqda hudud politsiya boshqarmasiga tayanib, “Zakon.kz” xabar tarqatdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash noma’lum buyumning zararli ta’siri natijasida sodir bo‘lgan. Hodisa joyida tezkor xizmatlar – politsiya, yong‘in xavfsizligi xodimlari va shoshilinch tibbiy yordam brigalari ishlagan. Biroq afsuski, qurbonlarning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.

Shoxobcha egasi Amirbek Sherbayevning aytishicha, metall orasida harbiy chiqindilar ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, ular orasida portlamagan mina ham bor edi:
“Bizdan orqada sex bor, uni xitoyliklar ijaraga olgan. Ular arzon narxda metallolom sotib olishgan, o‘zlari ham aniq nima ekanini bilmagan. Balki, Mudofaa vazirligidan chiqqan metall chiqindilari orasida portlamagan mina ham bo‘lgan. Hozir barcha kuch tuzilmalari kelib, tekshiruv o‘tkazmoqda”, — deydi u.

“Nur.kz”ning yozishicha, hodisa joyi to‘liq o‘rab olingan va hech kim kiritilmayapti. Kriminalistlar va Mudofaa vazirligi vakillari tergov ishlarini olib borishmoqda. Hozirda portlashning aniq sabablari o‘rganilmoqda.

Fojia haqidagi xabar nafaqat mahalliy aholi, balki keng jamoatchilikni ham iztirobga soldi. Uch ishchining bevaqt o‘limi xavfsizlik qoidalariga yana bir bor jiddiy e’tibor berish zarurligini ko‘rsatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?