date

Markaziy bank 9 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

Markaziy bank 9 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yilning avgust oyida o‘tkazgan yig‘ilishlari davomida banklar va moliya tashkilotlari faoliyati yuzasidan bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqdi. Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi yig‘ilishlarida jami 51 ta masala muhokama qilingan bo‘lib, ular yuzasidan aniq qarorlar qabul qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatga olish va turli ruxsatnomalar berish yo‘nalishida 32 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, tijorat banklari va kredit tashkilotlari ustavlariga kiritilgan o‘zgarishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, yangi mikromoliya tashkilotlarini hisobga olish, ayrim tashkilotlarni reyestrdan chiqarish hamda banklarda audit o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatlar taqdim qilish kabi ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, bank kuzatuv kengashi va boshqaruviga nomzodlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi va qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha 19 ta masala muhokama qilindi. Xususan, muammoli kreditlarni undirish va ular qoldig‘ini qisqartirish yuzasidan tuzilgan reja-grafiklar bajarilmagani, ayrim banklarda aniqlangan kamchiliklar va qoidalarga amal qilinmagani uchun 14 ta bank va 2 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan chora ko‘rish hamda sanksiya qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Markaziy bankning qonun talablariga, shu jumladan, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga amal qilinmagani sababli 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llandi.

Eng muhim masalalardan biri sifatida, ustav kapitalini shakllantirishda belgilangan eng kam talablarga amal qilmagan 1 ta bankning litsenziyasi ham qaytarib olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank 9 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi