Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbeklar jasadlari yurtga olib kelinadi

1 daqiqa o'qish4.2K
Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbeklar jasadlari yurtga olib kelinadi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida yuz bergan mudhish portlash butun jamoatchilikni iztirobga soldi. Joriy yil 11 sentyabr kuni Ili tumani, Bayserke qishlog‘ida joylashgan LGN Metal korxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Migratsiya agentligi rasmiy bayonot berdi.

Agentlik marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etar ekan, ularga sabr-qanoat tiladi. Shu bilan birga, hodisa jamoatchilikda katta qayg‘u uyg‘otgani ta’kidlandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yuzasidan Ili tumani politsiyasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov mehnat muhofazasi qoidalari buzilishi natijasida insonlarning o‘limiga olib kelgan holat sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Hozirda maxsus komissiya ish olib bormoqda, hodisaning barcha jihatlari o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi esa o‘z fuqarolarining jasadlarini yurtga olib kelish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini jadal tashkil etgan. Shuningdek, hududiy agentlik xodimlari marhumlarning oilalari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularga amaliy va ma’naviy yordam ko‘rsatmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekiston va Qozog‘istonning mas’ul idoralari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Tergov jarayonining borishi qat’iy nazorat ostida saqlanmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi fojealar mehnat xavfsizligi masalasiga yanada jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Jamoatchilik esa halok bo‘lgan o‘zbek ishchilari jasadlari yurtga qaytarilishi ularning oilalari uchun kichik bo‘lsa-da, yuraklarni tinchlantiradi, deb hisoblamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?