O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtda bilim va ma’rifatni targ‘ib qilayotgan, o‘z mehnatini ayamasdan yoshlarga ta’lim berayotgan ustozlarni alohida e’zozladi. Shu munosabat bilan Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi 38-maktabda ingliz tili fanidan saboq berayotgan Billura Ikromova davlat rahbari tomonidan maxsus sovg‘a bilan taqdirlandi.
Billura Ikromova o‘z bilim va tajribasi bilan nafaqat mahalliy o‘quvchilar, balki qishloqdagi qizlar uchun ham katta namuna bo‘lib kelmoqda. U Buyuk Britaniyaning nufuzli Reding universitetida tahsil olgan va TESOL, ESOL hamda IELTS (C1) kabi xalqaro sertifikatlarga ega.
Katta idoralardan va xalqaro tashkilotlardan kelgan yuksak maoshli ish takliflarini rad etgan Billura o‘z yurtini, chekka qishloqdagi farzandlarni tarbiyalashni tanladi. Uning tashabbusi bilan qishloq qizlari uchun maxsus mentorlik dasturlari yo‘lga qo‘yildi. Shu orqali ko‘plab yoshlar xorijiy grantlar va ta’lim dasturlariga jalb etilmoqda.
Fidokorona mehnati va sodiq xizmatlari e’tirof etilib, Prezident Shavkat Mirziyoyev unga BYD Chazor avtomobilini shaxsan sovg‘a qildi. Bu holat nafaqat o‘qituvchi, balki butun jamoa uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.
Prezident fidoyi o‘qituvchiga BYD Chazor avtomobilini sovg‘a qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar