O‘zbekiston va Keniya rasmiy diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi

1 daqiqa o'qish250
O‘zbekiston va Keniya rasmiy diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston va Keniya rasmiy diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston Respublikasi va Keniya o‘rtasida yangi tarixiy bosqich – diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Ushbu muhim voqea 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida ro‘y berdi.

Tadbir chog‘ida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Keniya bosh vaziri, tashqi ishlar va diaspora ishlari vaziri Musaliya Mudavadiy ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish haqidagi rasmiy kommyunikeni imzoladilar.

Imzo marosimidan so‘ng Baxtiyor Saidov Keniyani Afrikaning eng tez rivojlanayotgan, barqaror iqtisodiy o‘sish ko‘rsatayotgan mamlakatlaridan biri sifatida e’tirof etdi. Shuningdek, uning aytishicha, Keniya hozirda texnologiya va innovatsiyalar sohasida mintaqaning yetakchi markazlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Tomonlar suhbat jarayonida ikki xalq manfaatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat qiladigan keng qamrovli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Shu orqali savdo, investitsiya, texnologiya va madaniy aloqalarni kuchaytirish imkoniyatlari belgilab olindi.

Qayd etish joizki, Keniya O‘zbekiston bilan rasmiy diplomatik munosabat o‘rnatgan 163-davlat sifatida tarixda qoldi. Bu esa Toshkentning Afrika qit’asi bilan yangidan shakllanayotgan muloqot va sheriklik siyosatining muhim qadami bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?