20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi doirasidagi tadbirlarda qatnashish maqsadida AQSHning Nyu-York shahriga yetib keldi.
Jon Kennedi xalqaro aeroportida davlat rahbarini AQSH Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda boshqa nufuzli shaxslar tantanali tarzda kutib olishdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zlab, O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari va global tashabbuslari haqida fikr bildiradi. Shuningdek, u qator xorijiy davlatlar yetakchilari, xalqaro tuzilmalar va yirik moliyaviy institutlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, AQSHning yetakchi korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida muloqotlar va nufuzli kompaniyalar vakillari ishtirokida davra suhbati ham tashkil etiladi. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlar muhokama qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT sammiti uchun Nyu-Yorkka yetib keldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar