Ehtiyojmand talaba-qizlarning shartnoma xarajatini davlat qoplaydi

1 daqiqa o'qish1.1K
Ehtiyojmand talaba-qizlarning shartnoma xarajatini davlat qoplaydi

Ehtiyojmand talaba-qizlarning shartnoma xarajatini davlat qoplaydi
Prezidentning 2021 yil 5 martdagi PQ-5020-sonli qarori asosida hokimliklar orqali moddiy qiyin ahvolda bo‘lgan ayrim talabalarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatiladi. Unga ko‘ra, birinchi bosqichga qabul qilingan 40 nafar, ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan 110 nafar talaba-qizning bazaviy shartnoma mablag‘lari davlat hisobidan qoplab beriladi.

Shartnoma to‘lovlari quyidagi toifadagi xotin-qizlarga to‘lanadi:
– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb qayd etilgan oilalardagi talaba-qizlar;
– yetim yoki ota-onasiz qolgan qizlar;
– turmush o‘rtog‘i vafot etgan hamda voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan muhtoj ayollar.

Biroq qarorda ayrim cheklovlar ham bor. Xususan, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotganlar, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talaba-qizlarning shartnoma to‘lovlari davlat tomonidan qoplanmaydi.

Mazkur tashabbus mahalliy budjet imkoniyatlari hisobidan amalga oshiriladi va xotin-qizlarning oliy ta’lim olish jarayonida qo‘shimcha ijtimoiy yordam sifatida ko‘rilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?