Yurtimizda nogironlikni belgilash tizimida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ilgari bu jarayonda yagona standartlar mavjud emasligi, raqamlashtirishning yo‘qligi va inson omilining ustuvorligi sababli nogironlikni aniqlashda turli xatoliklar kuzatilar edi. Hatto bir xil kasallikka chalingan bemorlarga turlicha guruhlar belgilanardi.
Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida davlat tomonidan "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimi joriy qilinmoqda. Ushbu tizim orqali bemorning tibbiy ma’lumotlariga asosan nogironlik guruhi, uning muddati, parvarish yordami, reabilitatsiya vositasi yoki protez-moslamaga ehtiyoji avtomatik ravishda, inson omilisiz belgilanadi.
Yangi elektron tizim dastlab 2025 yil 1 oktyabrgacha Toshkent shahri va Navoiy viloyatida sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik u butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.
Bundan tashqari, asosiy kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanib, nogironlik aynan ushbu ro‘yxatdagi kasalliklarga ko‘ra yaxlit va standart mezonlar asosida belgilanadi.
Nogironlik elektron tarzda qanday belgilanadi? Yangicha tizim joriy etiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar