Toshkentda har kun 1 millionga yaqin kishi yo‘lda tirbandlik muammosiga duch kelmoqda

1 daqiqa o'qish274
Toshkentda har kun 1 millionga yaqin kishi yo‘lda tirbandlik muammosiga duch kelmoqda

Senator Erkin Gadoyev poytaxtda yo‘llardagi qatorlik va tirbandliklarni kamaytirish masalasini qo‘llab, Transport vazirligiga rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda Oliy Majlis Senati ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent shahrida harakat keskin kuchayadi va ayrim vaqtlarda tirbandlik darajasi eng yuqori — 10 ballgacha bo‘ladi. Bu esa ishga, ta’limga va turli maqsadlarda poytaxtga yo‘l olgan minglab fuqarolarning vaqti va samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi.

Statistikaga ko‘ra, har kuni 1 millionga yaqin kishi poytaxtga tashrif buyuradi, shundan taxminan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan keladi. Hududning barcha qismlaridan minglab avtomobillar ertalab poytaxtga kirib, kechqurun qaytishi tirbandliklarni yanada kuchaytiradi.

Senatorning so‘rovida vazirlikdan Toshkent shahrida tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar, «Intellektual transport» tizimining amaldagi holati, prezident tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi va kechikish sabablari haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Bundan oldin ham senator Kobul Tursunov raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovga IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan so‘rov yuborgandi.

Ushbu tashabbus poytaxtdagi yo‘l harakati va fuqarolarning harakatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?