
Toshkent viloyati Chinoz tumanida yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-sentyabr kuni soat 21:30 da “Rasulobod” MFY, Olmazor stansiyasi hududida Jizzax–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tovar poyezdining sut yog‘lari ortiilgan ikki vagoni relsdan chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida jabrlanuvchilar qayd etilmadi. Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatchi smenasi va tegishli xizmatlar jalb etildi. Hozirda poyezd harakati to‘liq tiklangan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.