Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bo‘stonliqda ayiqni vahshiylarcha o‘ldirishdi” mazmunidagi xabarlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining Qorong‘u-toqay bo‘limi hududida bir dona Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i taxminan 70–80 metr balandlikdan qoyadan yiqilib tushgani aniqlangan.
Ayiqning nobud bo‘lish sabablari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertlari tomonidan o‘rganiladi. Xulosa chiqqunga qadar ayiq jasadi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida vaqtincha saqlanadi.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, holatga huquqiy baho beriladi.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi ushbu holatni o‘z nazoratiga olgani ma’lum qilindi.
Bo‘stonliqda Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i halok bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar