Prezidentni haqorat qilgan 18 yoshli yigitga sud hukmi chiqdi

1 daqiqa o'qish3K
Prezidentni haqorat qilgan 18 yoshli yigitga sud hukmi chiqdi

Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida Instagram orqali haqoratomuz izoh qoldirgani uchun sud tomonidan javobgarlikka tortildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, u o‘z akkaunti orqali Prezidentning tasviri joylashtirilgan fotosurat ostida haqoratli va obro‘sizlantiruvchi mazmunda fikr yozgan.

Tergov davomida o‘tkazilgan sud-siyosatshunoslik va lingvistik ekspertiza xulosalariga ko‘ra, yozilgan izohda davlat rahbariga nisbatan haqorat va sha’nini kamsituvchi so‘zlar mavjudligi tasdiqlangan. Mutaxassislar bu izoh jamoatchilik ongida davlat instituti obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi yosh yigit o‘z qilmishini tan oldi va bu izohni “o‘ylamasdan, hissiyot bilan yozgan”ini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hech qanday siyosiy maqsad bo‘lmagan va qilgan ishidan afsusda ekani bildirildi.

Sud uning qilmishini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi — “Internet orqali Prezidentni haqoratlash yoki tuhmat qilish” deb malakalib, aybli deb topdi.

Hukmga ko‘ra, ayblanuvchiga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, sud uning faoliyatiga bir qator cheklovlar ham joriy etdi.

Yosh yigit endilikda alkogol ichimliklar iste’mol qiladigan va ko‘ngilochar joylarga (bar, kafe, restoran) bormaydi, ommaviy tadbirlarda qatnashmaydi va jinoyatga moyil shaxslar bilan muloqot qilmaydi. Shu bilan birga, mahkumni nazorat qiluvchi organ roziligisiz yashash joyini o‘zgartirishi yoki Toshkent viloyatidan tashqariga chiqishi mumkin emas.

Yuristlar ta’kidlashicha, bu holat mamlakatda internet madaniyati va onlayn mas’uliyat masalalari yana bir bor dolzarb ekanini ko‘rsatdi. Ayrim mutaxassislar yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligi bilan shaxsiy haqoratni farqlash madaniyatini shakllantirish muhimligini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, sudning bu qarori jamoatchilik orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu holatni “ogohlantiruvchi chora” sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar internetda fikr bildirish erkinligini chegaralash haqida bahs yuritmoqda.

Hozirda sud hukmi qonuniy kuchga kirgan va yosh yigit belgilangan tartibda jazo muddatini o‘tab bormoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?