date

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yangi bosqich

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yangi bosqich

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi (ACCI) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga ACCI raisi o‘rinbosari Ariyan Azimiy boshchilik qildi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, xususiy sektorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi:

  • Har chorakda Toshkent, Qobul, Termiz va Balxda B2B uchrashuvlar o‘tkazish;

  • ACCI vakolatxonasini Toshkentda ochish taklifi;

  • Afg‘on tadbirkorlariga biznes vizalarini soddalashtirish;

  • Termiz portida yuk tashish va bojxona jarayonlarini tezlashtirish;

  • Har yili qo‘shma savdo ko‘rgazmalari o‘tkazish.

Tomonlar bu tashabbuslar savdo hajmini oshirishga, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida Davron Vaxabov Afg‘oniston delegatsiyasi tashrifini savdo-iqtisodiy munosabatlarda yangi bosqich deb baholadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yangi bosqich