Qamchiq dovonida zamonaviy turizm hududi quriladi

1 daqiqa o'qish128
Qamchiq dovonida zamonaviy turizm hududi quriladi

Namangan viloyatining Qamchiq dovoni hududida zamonaviy kanatli yo‘l va dam olish majmuasi quriladi, deb Kursiv media yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi. Qurilish ishlarini Doppelmayr/Garaventa Group kompaniyasi amalga oshiradi.

13-oktyabr kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu kompaniya vakillari — Yoxannes Triyebnik, Valeriy Yashin va Yevgeniy Kuprin bilan uchrashdi. Tomonlar loyiha doirasida barpo etiladigan obyektlar va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.

Loyihani Namanganlik tadbirkor Jobirxon Kamalitdinov rahbarlik qilayotgan Aisha Group kompaniyasi moliyalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Doppelmayr/Garaventa Group — Avstriya va Shveysariyada joylashgan, kanatli yo‘llar, gondolalar, liftlar hamda tashish tizimlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi hisoblanadi. U 96 mamlakatda 15 mingdan ortiq loyiha amalga oshirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?