date

Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar (BRT — Bus Rapid Transit) infratuzilmasini yaratish bo‘yicha yangilangan rejalar taqdim etildi.

Hokimlik rasmiysi Baxtiyor Rahmonovning ma’lum qilishicha, loyiha doirasida shaharning 10 ta asosiy ko‘chasida BRT tizimi joriy etiladi. Yo‘laklarning umumiy uzunligi 51 kilometrga yaqin bo‘ladi.

Shuningdek, shaharga kirish va chiqishdagi postlarning joylashuvi ham qayta ko‘rib chiqiladi va ularning ko‘chirilishi rejalashtirilmoqda. Bu choralar tirbandlikni kamaytirish, harakat xavfsizligini oshirish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Loyihani amalga oshirish uchun 126 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi