Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan muhim vazifalarni belgiladi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hozirgacha eng kam ish haqi asosan davlat idoralarining hisob-kitoblari asosida belgilangan. Ammo 2026 yildan boshlab bu jarayonga Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik vazirligi va Ish beruvchilar konfederatsiyasi ham jalb etiladi.
Ushbu yangicha yondashuv orqali xodimlar manfaatlarini yaxshiroq himoya qilish, adolatli maosh tizimini shakllantirish va mehnat bozorida barqarorlikni ta’minlash maqsad qilingan. Prezident, shuningdek, inson qadri faqat ish haqi emas, balki uy-joy, ta’lim, tibbiyot va transport kabi omillar bilan belgilanishini ham alohida qayd etdi.
Endi ish haqi faqat davlat tomonidan belgilanmaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar