date

Elektr to‘lovi 7 kunga to‘xtatiladi degan xabar — yolg‘on chiqdi

Elektr to‘lovi 7 kunga to‘xtatiladi degan xabar — yolg‘on chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, go‘yoki 30-oktyabrdan 5-noyabrgacha elektr energiyasi uchun to‘lovlar amalga oshirilmaydi degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Avvalroq ayrim kanallarda “RES hisob-kitob tizimi yangi dasturga o‘tilgani sababli 7 kun davomida to‘lovlarni amalga oshirish yoki elektrni qayta ulash imkonsiz bo‘ladi” degan mazmundagi xabarlar tarqalgan edi.

Unga ko‘ra, iste’molchilar 6-noyabrgacha elektr energiyasi uchun haq to‘lay olmasligi, qarzdorlar esa elektr ta’minotisiz qolishi aytilgandi.

Biroq “Hududiy elektr tarmoqlari” bu ma’lumotlarni mutlaqo asossiz deb atadi:

“Ayni paytda jamiyat hech qanday yangi hisobga olish tizimiga o‘tish ishlarini amalga oshirmayapti”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasi uchun to‘lov tizimi odatdagidek ishlamoqda, iste’molchilar esa barcha amaliyotlarni doimiy tarzda amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” fuqarolardan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlarga ishonish, ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Elektr to‘lovi 7 kunga to‘xtatiladi degan xabar — yolg‘on chiqdi